Meksika prezidenti BTS’ning konserti uchun qo‘shimcha kunlar so‘radi

To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng mashhur k-pop guruhi BTS sahnaga qaytmoqda. Guruhning dunyo bo‘ylab rejalashtirilgan turida Meksikadagi konsertga talab yuqori boʻlmoqda. Shu sababli, mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum Janubiy Koreya prezidentiga murojaat qilib, Meksikada qo‘shimcha konsertlar tashkil etishni so‘ragan.
“Men Koreya prezidentiga xat yozdim. Hozircha javob yo‘q, ammo ijobiy bo‘lishiga umid qilamiz,” — deb ta’kidlagan Sheynbaum.
BTS may oyida Mexiko shahrida uchta konsert berishi rejalashtirilgan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, chiptalar 40 daqiqadan kam vaqt ichida to‘liq sotilib ketgan. Taxminan 1 million muxlis 150 ming dona chipta uchun kurash olib borgan.
Rasmiy sotuv platformasida chiptalar narxi 100 dollardan 1 030 dollar bo‘lgan bo‘lsa, qayta sotuv platformalarida ularning narxi 5 300 dollardan oshiq.