Drako Malfoy Xitoyda Yangi yil ramziga aylandi

Xitoyda bu yilgi Oy kalendari boʻyicha Yangi yil arafasida kutilmagan ramz paydo bo‘ldi. Garry Potter filmidagi Drako Malfoy obrazi Yangi yil bayramining maskotiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn savdo platformalarida aktyor Tom Felton ijro etgan qahramon tasviri tushirilgan bayramona bezaklar va tabriknomalar ommalashmoqda.
Bunga sabab Drako Malfoy ismining xitoycha tarjimasi Ma-er-fu bo‘lib, u “ot” va “omad” so‘zlari bilan bir xil talaffuz qilinadi. Bu esa yaqinlashib kelayotgan Ot yili uchun ayniqsa omadli ramz sifatida qabul qilinmoqda. Xitoyliklar an’anaviy ravishda Yangi yil oldidan eshiklariga omad va farovonlik tilovchi yozuvlarni ilib qo‘yishadi. Bu yil esa ayrim uylar Drako Malfoyning rasmlari bilan bezatilmoqda.
“Taobao” kabi elektron savdo platformalarida Malfoy obrazidagi stikerlar, magnitlar va bezaklar sotilmoqda.

Trend aktyor Tom Feltonning ham e’tiboridan chetda qolmadi. U Drako Malfoy Xitoy Yangi yilining ramziga aylangani haqidagi Instagram storis joylagan.
