Munisa Rizayeva "Arzimaysan" nomli yangi duetini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 1 236

Xonanda Munisa Rizayeva Toiraxmed (Toir Axmedjanov) bilan hamkorlikda yangi “Arzimaysan” nomli duetini taqdim etdi. Bu haqda san’atkor o‘zining Instagram sahifasida post qoldirib, “Bu kabi mavzulardan uzoqlashganimga ancha bo‘lgandi”, deya izoh bergan.
Toir Axmedjanov X Factor loyihasi ishtirokchisi bo‘lib, grand final bosqichida Shirina Holmatova bilan birgalikda Munisa Rizayeva va Konstaning mashhur “O‘ylamading” trekini ijro etgan.
Munisa Rizayeva ushbu qo‘shiq uning qalbida alohida o‘rin egallashini ta’kidlab, asar shaxsiy hayotidagi muhim bir davrdan ilhomlanib yaratilganini aytib oʻtgan.
Hozircha yangi duet uchun klip ishlanmagan.