Britni Spirs o‘zining barcha musiqalariga bo‘lgan huquqni 200 mln dollarga sotdi

E’lon qilingan sana· 2 269
Britni Spirs o‘zining barcha musiqalariga bo‘lgan huquqni 200 mln dollarga sotdi

Qo‘shiqchi Britni Spirs o‘zining butun “Baby One More Time” va “Toxic” kabi xit qo‘shiqlari boʻlgan musiqiy katalogiga, jumladan, Primary Wave kompaniyasiga bo‘lgan huquqlarni sotdi. NBC manbalariga ko‘ra, kelishuv qiymati taxminan 200 million dollarni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, kelishuv 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan. 2006-yilda tashkil etilgan “Primary Wave” Bob Marli, Prins, Uitni Xyuston, Stivi Niks, “Aerosmith” va “The Doors” kabi ko‘plab afsonaviy san’atkorlarning kataloglariga ega.

So‘nggi bir yil ichida ko‘plab katta san’atkorlar o‘z kataloglarini sotdi. 2022-yilda Sting va Bob Dilan buni amalga oshirishgan boʻlsa, 2024-yilda “Pink Floyd” guruhi Sony bilan 400 million dollarlik kelishuvga erishdi. Kelishuvga, shuningdek, jamoaning nomi va qiyofasiga bo‘lgan huquqlar ham kiradi.

Bundan tashqari, “Queen” guruhining katalog huquqlari “Sony"ga rekord darajada 1,27 milliard dollarga sotilgandi. Uning ichiga merchandayzing huquqlari ham kiradi. “Queen” guruhining kelishuvga kiritilmagan yagona daromad manbai konsert faoliyatidan olingan foyda bo‘lib qoladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling