Lola Eltoyeva “Eng yaxshi teatr aktrisasi” xalqaro mukofotini qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 1 169
Lola Eltoyeva “Eng yaxshi teatr aktrisasi” xalqaro mukofotini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Eltoyeva Turkiyaning Istanbul shahrida “Eng yaxshi teatr aktrisasi” nominatsiyasi bo‘yicha xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘n birinchi bor tashkil etilgan TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirish marosimida tashkilotga a’zo davlatlarning teatr san’ati sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkorlar 2025-yil yakunlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangan.

Lola Eltoyeva bilan qatorda, shuningdek, Qozog‘istondan Erenbak Toikenov “Eng yaxshi teatr rejissyor”, Qirg‘izistondan Sadir Niyazakunov “Eng yaxshi sahna rassomi”, Ozarbayjondan Ali Emirli “Eng yaxshi dramaturg”, Turkmanistondan Batir Chariyev “Eng yaxshi teatr aktyori” nominatsiyalari bo‘yicha e’tirof etilgan.

Avvalroq Afisha.uz'da Lola Eltoyeva rol ijro etgan filmlar haqida maqola e’lon qilingandi.

"Oʻzbek Kajoli": Lola Eltoyeva ijrosidagi eng yaxshi filmlar

Kino, teatr va dublyaj akstrisasi boʻlgan Lola Eltoyeva oʻzining turfa xil rollari hamda ovozi bilan koʻplab muxlislar mehrini qozongan. Bugun, 4-sentabr kuni aktrisa 52 yoshga toʻldi. Afisha.uz ushbu maqolada Lola Eltoyevaning e’tiborga molik rollari haqida ma’lumot beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling