"Dizayn" jamoasi a'zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 3 150

“Dizayn” jamoasi a’zosi, komik Dilshodbek Musabekov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Dilshodbek Musabekov 1975-yil 13-iyulda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
U ijoddagi faoliyatini “Quvnoqlar va zukkolar” (QVZ) tanlovida “Dizayn” jamoasida boshlagan. Keyinchalik jamoa “QVZ"ni tark etib, alohida konsertlar berishni boshlagan.
Shuningdek, komik jamoasi bilan birga “Toshkent” telekanalidagi “Kulgi bekati” koʻrsatuvida ham qatnashgan. Bundan tashqari, qiziqichi bir qancha filmlarda ham rol ijro etgan.
Dilshodbek Musabekov 2025-yilda “Shuhrat” medaliga loyiq koʻrilgandi.