Hilola Gʻayratova va Getunda yangi trek premyera qildi

E’lon qilingan sana· 56
Hilola Gʻayratova va Getunda yangi trek premyera qildi

Xonanda Hilola G‘ayratova va reper Getunda “Ko‘zlaringga” nomli yangi duetni taqdim etishdi.

Hilola G‘ayratova so‘nggi paytlarda bir nechta duet loyihalar ustida ishlayotganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qilib kelmoqda. Avvalroq uning San Jay bilan hamkorlikda yaratilgan “Seni o‘ylasam” nomli dueti premyera qilingan edi. Oradan bir oy o‘tib, muxlislar e’tiboriga “Ko‘zlaringga” taqdim etildi. Shuningdek, yaqin kunlarda Gold RS bilan hamkorlikda yaratilayotgan yangi duet ham kutilmoqda.

Hilola G‘ayratova ko‘pchilikka “The Cover Up” loyihasidagi chiqishlari orqali tanilgan. Uning mayin va yoqimli ovozda kuylagan koverlari qisqa vaqt ichida ko‘plab tinglovchilar e’tiborini qozongan.

Getunda bilan kuylangan yangi trekda Hilolaning tegishli qism nisbatan qisqaroq bo‘lsa-da, qo‘shiq matni va ohangi bir-biriga juda mos tushgan. Kompozitsiyaning musiqasi va ritmida amerikalik reper XXXTentacion ijodidan ilhomlanganlik seziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling