Yulduz Usmonova va Malik "Pomada" nomli yangi duetni e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 45
Yulduz Usmonova va Malik "Pomada" nomli yangi duetni e'lon qildi

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonanda Malik bilan kuylangan “Pomada” qoʻshigʻini premyera qildi. Shuningdek, tarmoqqa qoʻshiq taqdimotidan video ham joylangan.

Yulduz Usmonova avval ham Malik bilan birgalikda bir qator ijod namunalarini yaratgan. Turli tillarda ijro etilgan “Oʻzbekcha gapir”, “Ku-ku”, “Da kujo shumo” qoʻshiqlari shular jumlasidan.

Ma’lumot uchun, 12−30 aprel kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida Yulduz Usmonovaning konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling