Как к себе домой: Mot'ning 7 yil oldingi qoʻshigʻi qanday qilib trendga aylanmoqda?

E’lon qilingan sana· 160
Как к себе домой: Mot'ning 7 yil oldingi qoʻshigʻi qanday qilib trendga aylanmoqda?

Instagram lentasini aylantirar ekansiz turli qoʻshiqlarga raqsga tushayotgan odamlarga duch kelasiz. Oxirgi kunlarda esa rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Mot (asl ismi Matvey Melnikov) tomonidan ijro etilgan “Как к себе домой” qoʻshigʻi va unga raqsga tushayotgan muxlislar videolari virusga aylandi.

Chellenjni Motning oʻzi boshlab berdi.

Keyin esa oddiy foydalanuvchilardan tortib, mashhur blogerlargacha barcha bu “toʻlqin"ga qoʻshildi. Xoʻsh, ushbu trendning siri nimada va Motning musiqasi qanday qilib butun internetni raqsga tushishga majbur qildi? Afisha.uz eng yorqin va kreativ videolarni bir yerga jamladi.


Qozogʻistonlik bloger Aynura ismli qiz Instagram’da turmush o‘rtog‘ini ushbu trendda ishtirok etishga “majburladi” va shart qoʻydi: “Agar Mot izoh yozsa, erimni raqsga tushishga majburlamayman”.

Xonanda esa ushbu videoga shunday izoh yozdi: “Rahmat shart emas”.

Maktab oʻquvchilari esa Mot’dan uyga vazifalarni bekor qilish uchun “foydalandi”. Albatta, qoʻshiqchi bu videoga ham izoh yozdi.

Oʻzbekistonlik blogerlar ham ushbu chellenjda qatnashishni boshladi.

Trendning eng “mimimi” versiyasi aktrisa Asal Shodiyeva ishtirokida suratga olindi. Video joylangandan soʻng Mot ham uni oʻz Instagram sahifasiga ulashdi.

Bugungi kundagi trend tushunchasi shundayki, u hech qanday chegaralarni bilmaydi va istalgan makonga bemalol kirib bora oladi. Quyida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi musiqa va san’at maktabi ham bunda qatnashganini koʻrish mumkin.

Mot’ning qoʻshigʻi va raqsi nafaqat makon, balki yosh tanlamasligi ham quyidagi videoda ma’lum boʻldi.

Xonandaning turmush oʻrtogʻi Mariya Melnikova ham trenddan qolmadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar yaratilgandan keyin darhol uni buzadiganlar ham topiladi. Rejissyor va prodyuser Javlon Shodmonov ham Mot qoʻshigʻi fonida video suratga oldi.

Trendlar va chellenjlar turli mamlakatlarda yashovchi har xil yoshdagi odamlarni birlashtirishga xizmat qilmoqda. Shu sababdan Mot’ni shunchaki reper emas, balki ijtimoiy tarmoqlar madaniyatining bir qismi deyish mumkin. U oʻz qoʻshiqlari orqali mana shunday universal tilni yaratmoqda.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling