Amerikalik aktyor Erik Deyn 53 yoshida vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 185

Amerikalik aktyor Erik Deyn 19-fevral kuni 53 yoshida ALS (amyotrofik lateral skleroz) kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan so‘ng vafot etdi.
Erik Deyn 1972-yil 9-noyabrda AQShning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U “Grey's Anatomy” seriali orqali koʻpchilikka tanilgan. Aktyor ushbu loyihada plastik jarroh Mark Sloan (“McSteamy”) obrazini yaratib, serialning eng sevimli qahramonlaridan biriga aylangan. Shuningdek, Erik Deyn HBOʻning mashhur seriali “Euphoria"da Kal Jeykobs rolini ijro etibgan.
Aktyor shaxsiy hayotida ikki farzandning otasi edi. U kasalligi haqida ochiq gapirib, ALS bilan kurash jarayonida sabr va matonat namunasini ko‘rsatgan.