“97-modda”: ilk o‘zbekcha detektiv-triller serial qanday suratga olingandi? SalomTv ijodkorlari bilan katta intervyu

E’lon qilingan sana· 533
“97-modda”: ilk o‘zbekcha detektiv-triller serial qanday suratga olingandi? SalomTv ijodkorlari bilan katta intervyu

O‘zbek kinosi uchun detektiv-triller janri unchalik ham yaxshi tanish emas. Kamiga u xususiy striming platforma tomonidan suratga olingan bo‘lsa. “SalomTV” platformasida namoyish etilgan “97-modda” seriali qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir uni shu janrdagi mashhur filmlarga qiyosladi, kimdir 2007-yil atmosferasini sog‘inganini aytdi, yana kimdir esa ekrandagi tabiiy va dadil dialoglarni e’tirof etdi.

Tayyor mahsulotni tanqid qilish yoki maqtash oson. Ammo u qanday yaratilgan? Cheklangan byudjet va qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda sifatli striming kontenti tayyorlash qanday qiyinchiliklarga olib keladi? Biz kamerani 180 gradusga burib, serial ijodkorlari bilan kadr ortidagi eng qiziq, asabiy va ba’zan kulgili voqealar haqida gaplashdik.

Serial ssenariysi Azim Yo‘ldoshev, Rasul Karimov va Ershan Namazli kabi uchlik tomonidan yozilgan. Loyihada Abduazim Ilhomjonov rejissyor sifatida ishlagan. Bosh rolni esa Bobur Yo‘ldoshev ijro etgan. “SalomTv” rahbari Shohrux Murtazoyev esa bosh prodyusser.

Serialda 2007-yil, o‘lim jazosi bekor qilinishiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, podpolkovnik Ergash aka vaqt bilan poygaga kirishadi. Bugun biz qotil kimligini qidirmaymiz. Biz umuman boshqacha “tergov” o‘tkazamiz.

Xo‘sh, 97-modda muxlislarning gadjetida paydo bo‘lganicha uning ijodkor;ari qanday chig‘iriqlardan o‘tdi? Suratga olish ishlari qanday kechdi, qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi? Va bu serial o‘zbek kino sanoati uchun nega muhim? Bugungi videomizda shu savollarimizga javob qidirishga harakat qilamiz. “Tergov"ni esa rejissyor, operator, bosh prodyusser va ssenaristlar orasida o‘tkazdik. Ular bilan to‘liq suhbatni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling