Ozoda Nursaidova "Qaynona"nomli yangi qoʻshigʻini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 290

Xonanda Ozoda Nursaidova yangi “Qaynona” nomli sho‘x qo‘shiq va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.
Qo‘shiq matni Rislig‘oy Hotamova qalamiga mansub bo‘lib, musiqasini esa xonandaning o‘zi bastalagan. Trek mavzusiga mos tarzda suratga olingan klip rejissyor Shuhrat Mavlonov tomonidan ishlangan.
Ham qo‘shiq, ham videoklip kayfiyat koʻtaruvchi va samimiy hazil ruhida ishlangan bo‘lib, oilaviy munosabatlar yengil hazil koʻrinishida ochib berilgan.
Eslatib oʻtamiz, 13−22-may kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida xonanda Ozoda Nursaidovaning yakkaxon konsert dasturini boʻlib oʻtadi.