Jenisbek Piyazovning "Yonimda boʻlgin" nomli yangi qoʻshigʻi premyera qilindi

E’lon qilingan sana· 61
Jenisbek Piyazovning "Yonimda boʻlgin" nomli yangi qoʻshigʻi premyera qilindi

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.

Yangi kompozitsiya sokin va romantik ohangda kuylangan bo‘lib, oila, sadoqat va muhabbat qadriyatlarini madh etadi. Orkestr jo‘rligida yangragan asarda bastakor Shuxrat Zokirov pianino ijrosi bilan ishtirok etgan. Musiqada opera unsurlari va zamonaviy estrada ohangi uyg‘unlashib, xonandaning akademik ovoz imkoniyatlarini yanada yorqin namoyon etadi.

Videoklip retro uslubda boshlanadi: syujet bir oilaning shakllanishi, hayot sinovlari va turli past-balandliklardan o‘tib, baxtli onlar sari intilishi bilan davom etadi. Klipda yosh aktrisa va aktyorlar Aysenem Yusupova hamda Muhammad Ali Aliyev rollarni ijro etishgan. Klipni suratga olish ishlariga rejissyor Yodgor Nosirov boshchilik qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 23−24-mart kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida Jenisbek Piyazovning konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilishingiz mumkin.

Jenisbek Piyazov

"Xalqlar doʻstligi" saroyida Oʻzbekiston va Qaraqalpogʻiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning konsert dasturi boʻlib oʻtadi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling