Rayhon "Dil poralar" nomli yangi qoʻshigʻini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 124

Xonanda Rayhon muxlislariga “Dil porala” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.
Mazkur qo‘shiq muallifi Alem Choriyev bo‘lib, u nafaqat musiqasini, balki matnini ham yozgan. Aranjirovka ustida Jamshid Gafarov ishlagan. Klip rejissyori esa Yodgor Nosirov bo‘ldi.
Videoklipda xonandaning o‘zi hamda uning turmush o‘rtog‘i Farxod Alimov ishtirok etgan. “Dil porala” klipida muhabbat, iztirob va ichki kechinmalar badiiy obrazlar orqali yoritilgan.