Reper AGA yangi trek premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 1 340

Xorazmlik reper AGA (Ogʻabek) oʻzining navbatdagi treki va unga ishlangan klipini e’lon qildi. U “Chivas” deb nomlanadi.
Reper 26-mart kuni “Hozir pul topib qorigondo yotjoqman” nomli trek chiqarishini e’lon qildi.
AGA avvalroq “Tony Montana”, “Xolaganim” (“Xohlaganim”) treklari bilan tanilgan. Unga ishlangan kliplar birgina reperning sahifasida mos ravishda 5 va 3,3 mln martadan koʻrilgan. Bundan tashqari, ushbu qoʻshiqlarning parchalari Instagram va TikTok’da trendga aylangan.