O‘zbekistonda san’atkorlardan to‘y uchun soliq undirish rejalashtirilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni soliqqa tortish va hisobini yuritish tizimini soddalashtirish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi paydo bo‘ldi. U bilan san’atkorlardan har bir toʻy uchun soliq undirish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ijrochilar va ijodiy jamoalarning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq barcha xizmatlari (to‘y va boshqa tomoshalar) soliq organlarining “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatga olinishi kerak. Ijrochilar 2026-yil 1-sentyabrdan 2029-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashni “bir xizmat — bir to‘lov” tamoyili asosida tabaqalashtirilgan qat’iy miqdorlarda amalga oshirishi belgilanmoqda.
Shuningdek, 2029-yil 1 yanvardan boshlab konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilar va ijodiy jamoa tomonidan faqat naqdsiz to‘lov asosida amalga oshirishi belgilanmoqda.