Zendaya loyihalarga boy yildan keyin tanaffus olishni rejalashtirmoqda

E’lon qilingan sana· 119
Zendaya loyihalarga boy yildan keyin tanaffus olishni rejalashtirmoqda

Aktrisa Zendaya 2026-yilda bir qator shov-shuvli premyeralar ishtirok etganidan soʻng vaqtincha tanaffus olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Aktrisa Fandango nashriga bergan intervyusida tomoshabinlarni zeriktirib qo‘yishdan qo‘rqishini va ularning qo‘llab-quvvatlashini juda qadrlashi haqida gapirdi.

2026-yilda bir vaqtning oʻzida aktrisaning bir nechta yirik loyihalari premyera qilinadi. Xususan, “The Drama” (3-aprel), “Euphoria” serialining uchinchi mavsumi (12-aprel), “Spider Man: Brand New Day” (31-iyul), “Dune: part three” (18-dekabr), “The Odyssey” (17-iyul) va ehtimoliy “Avengers: Doomsday” (18-dekabr) filmlari chiqadi.

Eng yaqin premyera — “The Drama” boʻlib, u 3-aprel kuni chiqariladi. Rejissor Kristofer Borgli tomonidan suratga olingan filmda aktrisa Robert Pattinsonning qahramoni bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan kitob do‘koni xodimi Emma Xarvud rolini o‘ynaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling