Massa va Ruhsora Emm'ning "San" nomli dueti premyera qilindi

E’lon qilingan sana· 151
Massa va Ruhsora Emm'ning "San" nomli dueti premyera qilindi

Reper Massa va Ruhsora Emm “San” nomli duet qo‘shiq hamda unga ishlangan videoklipni taqdim etishdi.

Qo‘shiq sevgi mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy munosabatlardagi muammolar va qiyinchiliklar aks ettirilgan. Ijodkorlar bu safar o‘zlari uchun nisbatan yangi yo‘nalishda kuylashga harakat qilganini ham sezish mumkin. Videoklip rejissyori — Alikhan Aba.

Avvalroq Ruhsora Emm’ning “Qafaslar” nomli treki premyera qilingan edi. Xonandaning aytishicha, u hozirda yana bir yangi qo‘shiq ustida ishlamoqda va yaqin kunlarda ushbu trekdan parchani e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Klipni YouTube’da tomosha qilish, musiqani barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling