Masha Tilla, Rayhon va DJ King Macarella yangi “G‘alaba” qo‘shig‘ini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 95
Masha Tilla, Rayhon va DJ King Macarella yangi “G‘alaba” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Xonanda Rayhon, Masha Tilla hamda DJ King Macarella hamkorlikda “G‘alaba” nomli yangi qo‘shigʻi premyera qilindi. Ushbu trek O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani munosabati bilan yaratilgan.

Qo‘shiqda g‘alaba ruhi, birlik va milliy faxr tuyg‘ulari aks etgan. Ushbu trek orqali muxlislarni qo‘llab-quvvatlash, jamoaga ruhiy dalda berish va musobaqa kayfiyatini yanada kuchaytirishni koʻzda tutilgan.

“G‘alaba"ning musiqiy ishlanmasi zamonaviy pop va elektron elementlar uyg‘unligida yaratilgan bo‘lib, unda DJ King Macarellaning dinamik bitlari, Rayhonning kuchli vokali hamda Masha Tillaning o‘ziga xos ijro uslubi birlashgan.

Loyiha Zhara Music prodyuserlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiq bilan birga videoklip ham tayyorlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda futbol mavzusi, muxlislar kayfiyati va milliy ramzlar aks etishi kutilmoqda. Ijodkorlar oʻzining Instagram profilida klipdan bir nechta qisqa sahnalarni joylashgan.

Hozirda mazkur trekni Youtube platformasidan hamda boshqa musiqiy platformalar orqali tinglash mumkin.

Yangi trek Yandex.music'ning “Jarangdor Oy yangiliklari” pleylistidan joy olgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling