Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibiga aylandi
E’lon qilingan sana: · 94

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi. U 13-turda asosiy raqobatchilaridan biri boʻlgan, niderlandiyalik grossmeyster Anish Giri bilan durang o‘ynab, ochkolari sonini 9,5 taga yetkazdi.
Mazkur natija Sindorovga turnir yakunlanishiga bir tur qolganida ham yetakchilikni saqlab qolish va chempionlikni rasman ta’minlash imkonini berdi. So‘nggi tur natijalaridan qat’i nazar, unga hech bir raqib yetib bora olmaydi.
20 yoshli shaxmatchi endi jahon chempionligi uchun rasmiy da’vogar sifatida amaldagi chempion Dommaraju Gukeshga qarshi dona suradi. Ushbu bahsda g‘olib shaxmat tojiga ega chiqadi.