Nomzodlar turniri gʻolibi Javohir Sindarov Oʻzbekistonda kutib olindi
E’lon qilingan sana: · 341

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida (FIDE Candidates) mutlaq rekord oʻrnatib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi.
Javohir Sindarov va uning jamoasini olib kelish uchun Kiprga yuborilgan samolyot Humo xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Sindarovni O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi raisi Aripov Abdulla Nig‘matovich boshchiligida, oila a’zolari va ustozlari tomonidan katta tantana bilan kutib olindi. Tadbir davomida Javohir Sindarovning oʻzi soʻzga chiqib, musobaqa qiyin kechgani, ammo unga koʻrilgan tayyorgarliklar chempionlikda muhim rol oʻynaganini ta’kidladi.
Shuningdek, shaxmatchi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda qabul qilingan prezident farmonini bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.