“Heyterlar keyinchalik muxlisga aylanadi” — Ruhsora Emm tanqidlar haqida
E’lon qilingan sana: · 105

Xonanda Ruhsora Emm Afisha.uz muxbiriga bergan intervyusida tanqidlarga munosabati va ijodiy pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
Ijodkorning aytishicha, aynan tanqid rivojlanishga turtki bo‘ladi. U hozirgi uslubi ustida hali ham izlanishda ekanini, uni o‘z yoshiga mos deb bilishini ta’kidlagan. Shuningdek, uslubdagi o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan tabiiy ravishda yuz berishini ham qayd etdi.
Ruhsora Emmning fikricha, bugungi “heyter"lar keyinchalik muxlislarga aylanishi mumkin. “Odamlar har qanday holatda ham gapiradi. Shuning uchun tanqidlarga nisbatan “barier” qurib, ijod qilishda davom etish kerak”, — dedi u.