Apple bosh direktori Tim Kuk lavozimini topshirganligini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 186
Apple bosh direktori Tim Kuk lavozimini topshirganligini e'lon qildi

Apple kompaniyasi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi bosh direktor tayinlanishini e’lon qildi. Ushbu lavozimni kompaniyaning katta vitse-prezidenti Jon Ternus egallaydi. Amaldagi rahbar Tim Kuk esa ijrochi rais sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror direktorlar kengashi tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan bo‘lib, uzoq muddatli vorislik rejasining natijasi hisoblanadi.

Tim Kuk 15 yil davomida Apple’ni boshqarib, uni zamonaviy texnologiya sanoatidagi muvaffaqiyatli kompaniyalardan biriga aylantirdi. U o‘z bayonotida bu davrni hayotidagi eng katta sharaf deb atab, jamoaga minnatdorchilik bildirdi.

Yangi CEO Jon Ternus esa Apple’da 2001-yildan buyon ishlaydi. U kompaniyaning asosiy mahsulotlari, jumladan iPhone va AirPods qurilmalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Tim Kuk Apple rahbariyatiga 2011-yilda, kompaniya asoschilaridan biri Stiv Jobs vafotidan so‘ng kelgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling