Dreyk yangi albomi premyerasi sanasini e'lon qilish uchun Torontoda muzli konstruksiya oʻrnatdi

E’lon qilingan sana· 557
Dreyk yangi albomi premyerasi sanasini e'lon qilish uchun Torontoda muzli konstruksiya oʻrnatdi

Kanadalik reper Dreyk oʻzining yangi albomi relizi sanasini noodatiy tarzda e’lon qildi — u Torontodagi mashina toʻxtab turish joyiga katta muzli konstruksiya oʻrnatib, sanani uning ichida qoldirdi.

Gʻoya boʻyicha, “Iceman” albomi reliz sanasi muz erib bitganidan keyin ma’lum boʻlishi kerak edi, ammo Dreykning muxlislari buni kutib oʻtirmadi va oʻzlari bu ishga kirishdi. Odamlar muz ustiga chiqib, uni buzishni, turli yoʻllar bilan eritishga harakat qilishni boshladi. Odamlar muz ustida olov yoqdi, oʻtkir tigʻli anjomlar bilan yorishga harakat qildi.

Sana yashirilgan jildni mashhur strimer topdi va bu jarayonni onlayn translyatsiya qildi. Unda plastinkaning premyera sanasi va “̶2̶0̶2̶4̶ 2026-yil mening yilim bo‘ladi” degan yozuv bor edi. Dreyk sanani tasdiqladi.

20-aprel kuni oʻrnatilgan konstruksiya kecha, 22-aprel kuni eririb yuborildi. Shahar yongʻin xavfsiligi boshqarmasi aholining xavfsiligini ta’minlash uchun hududni toʻliq qurshab olib, muzni suv yordamida eritdi. Toronto shahar meri Olivia Chou ushbu vaziyatni izohlab, aholi xavfsizligini ta’minlash birinchi oʻrinda turishini aytib, Dreyk shahar uchun koʻp yaxshi ishlar qilganini ta’kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling