AGA yangi trekini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 488

Xorazmlik reper AGA oʻzining yangi treki va unga ishlangan klipni e’lon qildi. U “Foydam deymasa ukamasman” deb nomlanadi.
“Tony Montana”, “Novdasang de” treklari bilan tanilgan AGA oʻziga unchalik ham begona boʻlmagan, ammo nisbatan sokinroq musiqaga qoʻshiq aytgan. “Foydam deymasa ukamasman” trekiga klip tashlandiq binoda suratga olingan, reperning ortida skripka chalib turgan maskali insonlarni koʻrish mumkin.