Teylor Svift sun'iy intellektdan himoyalanish uchun oʻz savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

E’lon qilingan sana· 480
Teylor Svift sun'iy intellektdan himoyalanish uchun oʻz savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Teylor Svift jamoasi xonandani sun’iy intellekt orqali uning yuzi va ovozidan noqonuniy foydalanishlaridan himoya qilish uchun AQSH Patent va savdo belgilari idorasiga uchta ariza topshirdi, deya xabar bermoqda Veriety.

Arizalardan ikkitasi uning ovozini qayd etuvchi ovozli savdo belgilari bilan bog‘liq: “Hey, it’s Taylor Swift” (“Salom, bu Teylor Svift”) va “Hey, it’s Taylor.” (“Salom, bu Teylor”). Uchinchi ariza vizual savdo belgisi bo‘lib, u Sviftning pushti gitara bilan tushgan fotosuratidir.


Foto: U.S. Patent&Trademark Office

Avvalroq aktyor Mettyu MakKonahi xuddi shunday savdo belgilarini, jumladan, uning mashhur “Alright, alright, alright!” iborasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Huquqshunoslarning fikricha, savdo belgilari ommaviylik huquqi to‘g‘risidagi an’anaviy qonunlarga qo‘shimcha ravishda huquqiy himoya beradi.

Sviftning shaxsi bir necha bor ruxsatsiz dipfeyklar, jumladan, pornografik tasvirlar va siyosatchilarni soxta qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling