“Baribir hunarmand xalqmiz”: Yulduz Usmonova konsert liboslari haqida

E’lon qilingan sana· 1 103
“Baribir hunarmand xalqmiz”: Yulduz Usmonova konsert liboslari haqida

Xalq artisti, o‘zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova 20 kunlik konsert dasturi davomida sahnada namoyon bo‘layotgan obrazlari haqida aytib oʻtdi.

Xonandaga konsert kunlari turli liboslarda chiqayotgani yuzasidan berilgan savolga quyidagicha izoh berib, “Uzoq muddatli konsert dasturi davomida bitta libosni takroran kiyish kiyimning holatiga ta’sir qilishi, harakatlar sabab tezda eskirishi mumkinligi hamda konsertdan soʻng maxsus tozalash ishlari olib borilganli sababli sifati yomonlashi mumkin. Shu bois, liboslar odatda 3−4 marotaba kiyilgach, yangisiga almashtiriladi — deya ta’kidlagan.

Shuningdek, xonanda joriy yilgi konsert dasturida xorijiy brendlarga tegishli liboslar bilan birlikda mahalliy brendlar va dizaynerlar Dildora Kasimova va Maryam Batirova bilan hamkorlikka konsert uchun obrazlar yaratilganligi ta’kidlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling