Mayk Jekson haqidagi biografik filmning ikkinchi qismi ishlanadi

Maykl Jekson haqidagi “Maykl” biografik filmining ikkinchi qismi ishlanadi. Ta’kidlanishicha, bu rejissyor Antuan Fukuaning bandligiga qarab, 2026-yilda yoki 2027-yilda suratga olish ishlari boshlanadi.
Qayd etilishicha, kinokartina birinchi qismdagi voqealarni davom ettiradi va pop-musiqa qirolining keyingi hayoti haqida hikoya qiladi. Hozircha boshqa tafsilotlar e’lon qilinmagan.
Bosh rolni Maykl Jeksonning jiyani Ja’far ijro etgan film 22-aprel kuni premyera qilingandi. Shov-shuvlar va tanqidchilarning sharhlariga qaramay, film butun dunyo bo‘ylab 217 million dollar yigʻishga ulgurdi va musiqiy bayopiklar ichida rekord o‘rnatdi.
Filmning aktyorlar tarkibiga Kolman Domingo, Nia Long, Mayls Teller va Laura Harrier ham kiradi. Film ssenariysini uch karra Oskar mukofoti nominanti Jon Logan yozgan.
Film Oʻzbekiston kinoteatrlarida ham namoyish etilmoqda. Chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.