Stenli Tuchchi va Emili Blant "Hollywood Walk of Fame" yoʻlakchasidan oʻz yulduzlariga ega boʻldi

E’lon qilingan sana· 71
Stenli Tuchchi va Emili Blant "Hollywood Walk of Fame" yoʻlakchasidan oʻz yulduzlariga ega boʻldi

Los-Anjelesdagi “Hollywood Walk of Fame” xiyobonida mashhur aktyorlar Emili Blant va Stenli Tuchchi uchun yulduzlar topshirildi. Marosim yangi film “Qattiqqo' xonim 2” ochiq premyerasidan bir kun oldin bo‘lib o‘tdi.

Uzoq yillik hamkorlar bo‘lgan Blant va Tuchchi muxlislar, yaqinlari hamda hamkasblari qarshisida o‘z nomlarini Gollivud tarixiga muhrlashdi.

Stenli Tuchchi nutqida Gollivuddagi faoliyatini eslab, bu yo‘l oson kechmaganini ta’kidladi:
“Bu yerda 45 yil ishlash — sharaf va ayni paytda juda mashaqqatli bo‘ldi. Ammo men buni hech narsaga almashtirmagan bo‘lardim.”

Emili Blant esa bu e’tirof uning uchun naqadar muhim ekanini aytib o‘tdi:
“Bu lahzaning men uchun qanchalik ahamiyatli ekanini so‘z bilan ifodalash qiyin. Meni tabriklash uchun kelgan insonlar meni hayratda qoldirdi.”

Marosimda bir qator mashhur yulduzlar ham ishtirok etdi. Jumladan, Robert Davniy Junior, Dveyn Jonson, Mett Deymon va Meril Strip hamkasblarini tabriklashdi.

Robert Davniy Junior Blant haqida iliq fikr bildirib, uni “unutib bo‘lmas sahnadagi sherigim” deb atadi. Dveyn Jonson esa uning xarizmasini alohida ta’kidladi. Mett Deymon esa aktyorlar duetini “uzoq yillik afsona” deya baholadi.

Meril Strip esa Stenli Tuchchining xalqaro miqyosdagi mashhurligini e’tirof etib, unga bo‘lgan muhabbat butun dunyoda kuchli ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Qattiqqoʻl xonim 2” filmi kinoteatrlarda namoyish etilmoqda. Film uchun chiptalarni Afisha.uz orqali xariq qilish mukin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling