Premyera: Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” nomli yangi qoʻshiq va klip chiqardi

E’lon qilingan sana· 316
Premyera: Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” nomli yangi qoʻshiq va klip chiqardi

Ozoda Nursaidova “To‘ylar muborak” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.

Qo‘shiq matni Rislig‘oy Hotamova qalamiga mansub bo‘lib, musiqasini esa xonandaning o‘zi bastalagan. Videoklipga rejissor Durdona Usmonova ishlov bergan. Unda yosh aktyor va aktrisalar Anvarzoda Abdulloh hamda Ezoza Safarova bosh rollarni ijro etgan.

Yangi qoʻshiq mazmunan javobsiz sevgi va muhabbatdan iztirob chekkan qalb kechinmalarini tasvirlaydi.

Eslatib oʻtamiz, “Xalqlar doʻstligi” saroyida xonanda Ozoda Nursaidovaning konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda. Chiptalarni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling