Kann kinofestivali: qizil gilamdagi yorqin obrazlar

Fransiyaning Kann shahrida 12-may kuni 79-Kann kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan oldin an’anaviy tarzda tashkil etiladigan qizil gilamdan oʻtish marosimi oʻtkazildi.
Aktrisa Demi Mur qizil gilamning eng yorqin ishtirokchilaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, Jeyn Fonda, Natalya va Murad Usmonlar, Poppi Delevin, Jeyms Franko sevgilisi Izabel Pakzad bilan, Filippin Lerua-Bolye, Elayja Vud rafiqasi Mette-Mari Kongsved va Joan Kollinz ham qizil gilamdan o‘tdi.

Rasmiy tanlov hakamlar hay’atidan shvetsiyalik aktyor Stellan Skarsgard, chililik rejissyor Diego Kespedes, belgiyalik rejissyor Laura Vandel, Entoni janubiy koreyalik rejissyor Park Chan-Vuk, amerikalik rejissyor Xloya Chjao, kot-d'Iuvarlik aktyor Isaak de Bankole, efiopiyalik Rut Negga va hindistonlik ssenarist Pol Laverty oʻrin oldi.

Festival 23-maygacha davom etadi. Quyida esa qizil gilamdagi yorqin obrazlar keltirilgan.