Ravshan Sobirov va Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duetni premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 390

Xonandalar Ravshan Sobirov va Setora guruhi a’zosi Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duetni taqdim etdi.
Qo‘shiq matni Timur Ibragimovich qalamiga mansub bo‘lib, musiqasini Jasur Badalbayev bastalagan. Xonandalar Instagram sahifalarida ushbu qo‘shiqni farzandlari jumladan, barcha yosh avlodga bag‘ishlaganini ham ta’kidlab o‘tishdi.
Qachonlardir o‘zimiz uchun ulkan hayot boshlanishini orzu qilardik va “Xayr maktabim” qo‘shig‘i ushbu orzularimiz ramziga aylangandi. Endi esa farzandlarimiz uchun katta va yorug‘ hayotni orzu qilmoqdamiz.
Yangi taronani barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.