Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da mavsum futbolchisi boʻlishi mumkin

Angliyaning “Manchester Siti” klubi mavsumning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun nomzodlarning yakuniy roʻyxatini e’lon qildi. Undan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov, belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Jeremi Doku va angliyalik yarim himoyachi Niko OʻRayli joy oldi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” bu mavsumda Angliya kubogi va Angliya Liga kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Angliya Premyer ligasi chempioni boʻlish uchun ham kurashni davom ettirmoqda.
Abduqodir Husanov 2025−2026 yilgi mavsumda sekin-asta asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va barcha turnirlarda 36 ta oʻyin oʻtkazdi. Shuningdek, ichki kuboklar finallarida toʻliq oʻyin oʻtkazib, darvoza daxlsizligini saqlab qolishga hissa qoʻshdi.
Mavsumning eng yaxshi futbolchisi gʻolibligi ovoz berish yoʻli orqali aniqlanadi. Ovoz berish uchun “Manchester Siti"ning rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.