Bojalar guruhi Jahon chempionati oldidan “O‘zbek publika” trekini premyera qildi

E’lon qilingan sana· 332
Bojalar guruhi Jahon chempionati oldidan “O‘zbek publika” trekini premyera qildi

Bojalar guruhi O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi ishtiroki munosabati bilan “O‘zbek publika” nomli yangi trek va videoklipni taqdim etdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Yangi trekka ishlangan videoklip rejissyori Xasan Atabayev, musiqa muallifi esa Otabek Mirzaholov hisoblanadi.

Videoklipda “Biz bu yerga marojniy yegani kelganimiz yo‘q” kabi gapni ham eshitish mumkin. Bu ibora soʻz ustasi Hojiboy Tojiboyev tomonidan Jahon Chempionatiga chiqish orzusi fonidan “bitta- bitta „marojniy“ yeb qaytib kelsayam mayliydi” deb aytilgan edi.

Shuningdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari, bosh murabbiy Kannavaro nomi ham tilga olinadi. Trekda terma jamoaning timsoli bo‘lgan bo‘ri obrazi ham aytib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhidan joy olgan edi. Guruhda Portugaliya, Kolumbiya hamda FIFA 1-play-off g‘olibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo DR) ishtirok etad.

Milliy terma jamoa musobaqadagi ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. 23-iyun kuni 2-tur doirasida O‘zbekiston Portugaliya bilan bahs olib boradi. 27-iyun kuni esa terma jamoamiz FIFA 1-play-off g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling