25-may pleylisti: soʻnggi qoʻngʻiroq va maktab haqidagi oʻzbek qoʻshiqlari

25-may. Bu kunda butun dunyo boʻylab turli bayramlar nishonlanadi. Masalan, BMT bunda “Butunjahon futbol kuni"ni nishonlashni taklif etgan. Shuningdek, bu Filologlar kuni ham hisoblanadi. Oʻzbekiston yoshlari uchun esa ayan shu sanan alohida ahamiyatga ega.
Har oy faqat bir kunni kutib yashaydigan va boshqa sanalarga deyarli ahamiyat bermaydigan kattalar ham 25-mayni “his qiladi”. Chunki aynan shu kunda Oʻzbekistonda Soʻnggi qoʻngʻiroq bayrami nishonlanadi va koʻplab bolalar maktabni bitirib, katta hayotga qadam qoʻyadi.
Bu kun, albatta, san’at va madaniyatga ham oʻz ta’sirini oʻtkazgan. Shu kungacha maktab va uni bitirish davri haqida koʻplab filmlar ishlangan, kitoblar yozilgan. Biroq koʻpchilikning yodida bu bayram unutilmas qoʻshiqlar bilan qolgan. Afisha.uz soʻnggi qoʻngʻiroq va maktab mavzusidagi eng sara qoʻshiqlar pleylistini taqdim etadi.