Munisa Rizayeva trendga aylangan “Bevafo” qo‘shig‘ini premyera qildi

E’lon qilingan sana· 100
Munisa Rizayeva trendga aylangan “Bevafo” qo‘shig‘ini premyera qildi

Munisa Rizayeva hali rasmiy premyera qilinmasidan xit darajasiga yetgan va ko‘pchilik intiqlik bilan kutgan yangi “Bevafo” trekini taqdim etdi.

Trekning qisqa parchasi xonanda tomonidan joylangach, u kutilmaganda Instagram’da trendga aylandi.

Ayniqsa, “O‘tib ketarmikan” izohi bilan tayyorlangan videolar minglab layklar yig‘ib, foydalanuvchilar orasida ommalashdi.

Shundan so‘ng ko‘pchilik qo‘shiqning to‘liq premyerasini kutishni boshladi. Hatto havaskorlar tomonidan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan norasmiy to‘liq versiyalar ham internetda paydo bo‘ldi.

Shunga qaramay, original qo‘shiq rasman chiqarildi va unga ishlangan klip ham taqdim etildi. Klipdagi voqealar qisman xonandaning hayotida yuz bergan hodisalardan ilhomlanilganigi aytilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling