Kristofer Nolanning "Odisseya" filmidan ilk beksteyj e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 590
Kristofer Nolanning "Odisseya" filmidan ilk beksteyj e'lon qilindi

Universal Pictures Kristofer Nolanning “Odisseya” filmini suratga olish jarayonlaridan olingan videoni e’lon qildi. Gomer dostoni asosida ishlanayotgan film 17-iyul kuni premyera qilinadi.

Videoda rejissyor va aktyorlar — Mett Deymon (“Good Will Hunting”), Tom Holland (“Spider Man: No Way Home”), Zendaya (“Euphoria”) va Robert Pattinson (“Die My Love”) filmning ko‘lami haqida so‘z yuritadi. “Odisseya” — bu ulkan hikoya va unga tayanib ishlash qiziqarli sinovdir", — deydi Nolan.

Filmda, shuningdek, Enn Xeteuey (“The Devil Wears Prada”), Lupita Niongo (“12 Years Slave”), Sharliz Teron (“Mad Max”), Benni Safdi (“Licorice Pizza”) va Jon Berntal (“The Punisher”) rol o‘ynagan.

“Odisseya” Nolanning 13-to‘liq metrajli filmi bo‘ladi. Rejissyorning o‘zi qadimgi yunon dostoni asosida ssenariy yozgan va filmni Emma Tomas bilan birga ishlab chiqargan. Bu to‘liq IMAX kameralarida suratga olingan birinchi badiiy film bo‘ladi.

“Odisseya"ning suratga olish ishlari fevraldan avgustgacha, yarim yil davom etgan. Suratga olish guruhi Marokash, Gretsiya, Italiya, Malta, Shotlandiya va Ispaniyada bo‘ldi. Los-Anjelesda suratga olish ishlari yakunlandi.

Suratga olish ishlarining katta qismi ochiq dengizda bo‘lib o‘tgan.

“Biz Odissey kemasi jamoasini o‘ynaydigan aktyorlarni haqiqiy to‘lqinlarga, real joylarga olib chiqdik. Biz haqiqatan ham bu sayohatlar odamlar uchun qanchalik og‘ir boʻlganini va ular o‘rganilmagan, xaritaga tushirilmagan dunyoda amalga oshirilgan ishonch sakrashlari ekanini ko‘rsatmoqchi edik”, — deya o‘z taassurotlari bilan boʻlishdi Nolan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling