Foto: Jon Lejend Samarqandda kutib olindi

E’lon qilingan sana· 112
Foto: Jon Lejend Samarqandda kutib olindi

Amerikalik xonanda va bir qator mashhur qoʻshiqlar muallifi Jon Lejend Samarqand shahrida kutib olindi. U bugun, 8-iyun kuni Registon maydonida konsert dasturini taqdim etadi.

Jon Lejend faoliyatini pianinochi va qo‘shiqlar muallifi sifatida boshlagan bo‘lib, 2004-yilda “Get Lifted” (“Ilhomlan”) debyut albomi bilan o‘zining ilk “Gremmi” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, u faoliyati davomida Gremmi, Toni, Oltin Globus hamda Emmi mukofotlari sohibi boʻlgan. Bundan tashqari, “Selma” filmi uchun yozgan qoʻshigʻi sababli Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan.

Lejend Ariana Grande bilan birgalikda 2017-yilda suratga olingan “Sohibjamol va maxluq” filmi uchun Selin Dion va Pibo Brayson tomonidan ijro etilgan 1991-yildagi saundtrekni remeyk qilib kuylagan.

Bundan tashqari, Jon Lejend aktyorlik faoliyatini ham boshlagan. U 2018-yilda rok-opera asarining ekranizatsiyasida bosh rolni ijro etgan. U ushbu roli uchun Emmi mukofotiga ham nomzod boʻlgan.

Jon Lejend

Samarqand shahridagi Registon maydonida amerikalik xonanda Jon Lejend konserti boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling