Lionel Messi ChatGPT reklamasida suratga tushdi

Open AI 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ishtirokida ChatGPT neyron tarmog‘i reklamasini e’lon qildi.
Qisqa videoda sportchi chat-botdan fotosuratini o‘zgartirishni — sochlarini Argentina bayrog‘i ranglariga bo‘yashni so‘raydi. Keyin u suratni terma jamoa a’zolari bilan oʻzaro chatga yuboradi.
“Suratingizni yuklang, keyin „Mening sochlarimni mamlakatim bayrog‘i ranglarida tasvirla, lekin tabiiy ko‘rinishini saqlab qol. Agar mamlakat yoki rasm ko‘rsatilmagan bo‘lsa, soʻra“ so‘rovini nusxalab joylang”, — deyiladi Open AI xabarida.
Yaqinda Messi yana bir reklamada — Adidas’ning “Koʻcha afsonalari” qisqa metrajli filmida suratga tushgandi. Unda aktyor Timote Shalame hech qachon mag‘lub bo‘lmagan hovli jamoasini mag‘lub etish uchun futbolchilarni to‘playdi.
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Tarixda birinchi marta uni bir vaqtning o‘zida uchta davlat: AQSh, Kanada va Meksika qabul qilmoqda.