Turkiyada "Klyukva sharbati" seriali yulduzi Eje Irtem vafot etdi

E’lon qilingan sana· 256
Turkiyada "Klyukva sharbati" seriali yulduzi Eje Irtem vafot etdi

Turkiyada “Klyukva sharbati” serialidagi Ishil roli bilan tanilgan aktrisa Eje Irtem vafot etdi, deya xabar bermoqda “Haber 7”. U 35 yoshda edi.

Qayd etilishicha, aktrisa 15-iyun kuni ertalab vafot etgan. Bu paytda u o‘z uyida bo‘lgan. Bir kun avval u tug‘ilgan kunini nishonlagan. Taxminlarga ko‘ra, o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Eje Irtem 1991-yil 14-iyunda Sivas shahrida tug‘ilgan. U bir nechta seriallarda, xususan, “Yangi kelin”, “Janob xato”, “Taqiqlangan meva”, “Kaltakesak” va “Bu mening hayotim"da rol oʻynagan.

“Klyukva sharbati” qizi konservativ oiladan bo‘lgan yigitga turmushga chiqayotgan Qiviljim ismli ayol haqida hikoya qiladi. Premyera 2022-yilda bo‘lib oʻtgandi. Hozirgacha beshta mavsum chiqarilgan va haligacha davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling