Eldor Shomurodovning goli JCh guruh bosqichi eng chiroyli gollari qatoridan joy oldi

E’lon qilingan sana· 112
Eldor Shomurodovning goli JCh guruh bosqichi eng chiroyli gollari qatoridan joy oldi

Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Kongo DRga qarshi oʻyin oʻtkazdi va 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Bu Fabio Kannavaro shogirdlari uchun musobaqadagi soʻnggi oʻyin boʻldi.

Bahsning 10-daqiqasida hisobni Eldor Shomurodov ochgandi. Keyin esa 68, 78 va 90+1-daqiqalarda gollar oʻtkazib yubordi.

Shunga qaramay hujumchi Eldor Shomurodovning goli FIFA tomonidan guruh bosqichida urilgan eng chiroyli 12 ta gol qatoridan joy oldi.

Bundan tashqari, paragvaylik paragvaylik Jio Reyna, marokashlik Ismail Saybari, braziliyalik Vinisius Junior, germaniyalik Felks Nmecha, yangi zellandiyalik Elayja Jast, fransiyalik Kilian Mbappe, argentinalik Lionel Messi, kabo-verdelik Kevin Pina, bosniya va gertsegovinalik Kerim Alajbegovich, gaitilik Uilson Izidor hamda yaponiyalik Daizen Maedaning gollari tanlab olingan.

Muxlislar ushbu gollar orasidan eng chiroylisiga ovoz berishi mumkin. Bu ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling