Ilon Mask Kristofer Nolanni "Odisseya" filmi uchun tanqid qildi

Milliarder Ilon Mask Kristofer Nolanning yangi “Odisseya” filmi haqida keskin fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, rejissyor “Gomerni tahqirlagan” va Oskar mukofoti talablariga javob berish uchun klassik eposni o‘zgartirgan.
Bunga gretsiyalik tarixchisi va bloger Homer Pavlosning posti sabab bo‘lgan. U “Odisseya” filmining yakuniy treylerini “Nolan faoliyatidagi eng sharmandali lahza” deb atagan va rolik yuz minglab dislayk to‘plaganini ta’kidlagan.
Tadbirkorning fikricha, rejissyor filmni Amerika kino akademiyasining yangilangan standartlariga moslashtirgan. 2024-yildan boshlab “Eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun nomzodlar aktyorlar tarkibi, suratga olish guruhi va suratga olishning boshqa jihatlariga oid vakillik mezonlariga javob berishi kerak.
“Odisseya” filmining butun dunyodagi premyerasi 15-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston kinoteatrlarida esa kartina 23-iyul kunidan namoyish etiladi.