“Merlin” va “Yura davri dunyosi” yulduzi Sem Nil vafot etdi

E’lon qilingan sana· 110
“Merlin” va “Yura davri dunyosi” yulduzi Sem Nil vafot etdi

Yangi zelandiyalik aktyor Sem Nil 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi aktyorning rasmiy Instagram sahifasi orqali xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, u 13-iyul kuni Sidneyda oila a’zolari davrasida hayotdan ko‘z yumgan.

Sem Nil tomoshabinlarga “Yura davri dunyosi” (“Jurassic Park”) franshizasidagi doktor Alan Grant, “Merlin” mini-serialidagi Merlin hamda “The Piano”, “Peaky Blinders” va “The Tudors"dagi rollari bilan tanilgan.

2023-yilda aktyor qon saratoniga chalinganini ma’lum qilgan, 2026-yil aprelida esa davolanishdan so‘ng kasallikdan butkul xalos bo‘lganini e’lon qilgan edi. Oila bayonotida uning vafoti kutilmaganda yuz bergani, biroq saraton qaytalanmagani ta’kidlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling