BTS “Gremmi” mukofoti uchun nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi

BTS K-pop guruhi bu yilgi “Gremmi” mukofoti uchun nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. Bunga tashkilotchilar tomonidan koreys, yapon va xitoy pop musiqasi uchun alohida “Best Asian Pop Music Performance” nominatsiyasi joriy etilgani sabab bo‘lgan.
Guruh a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda musiqa mintaqa yoki tilidan qat’i nazar baholanishi kerakligini ta’kidlab, bu yil tanlovda ishtirok etmaslikka qaror qilganini bildirdi. Shu bilan birga, BTS avvalroq “Gremmi” mukofotining asosiy da’vogarlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan edi.
Jamoaning “Arirang” nomli so‘nggi albomi 20-mart kuni taqdim etilgan. 14 ta qo‘shiqdan iborat albom BTSning qariyb to‘rt yildan buyon ilk to‘liq guruh albomi bo‘ldi. Albom chiqarilganidan bir kun o‘tib guruh jahon gastroli yo‘lga chiqdi. Turning ilk konserti Netflix platformasida jonli efirda namoyish etildi.
Shuningdek, 19-iyul kuni BTS futbol bo‘yicha jahon chempionati finalining tanaffusida ilk bor tashkil etilgan shouda Madonna va Shakira bilan birga sahnaga chiqdi. Konsertdan tushgan mablag‘lar FIFA Global Citizen ta’lim jamg‘armasiga yo‘naltirilgan.