Billi Aylishning konsert filmi Paramount+ platformasida namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 142
Billi Aylishning konsert filmi Paramount+ platformasida namoyish etiladi

“Billie Eilish — Hit Me Hard And Soft: The Tour (Live)” konsert filmi 6-avgustdan Paramount+ platformasida tomosha qilish uchun taqdim etiladi.

Film may oyida kinoteatrlarda namoyishga chiqqan va hozirgacha AQSh hamda Kanadada 10 million dollar, jahon bo‘ylab esa 27 million dollar daromad yig‘gan. Loyiha ustida Billi Ayilish rejissyor Jeyms Kemeron bilan birga ishlagan.

Konsert filmi xonandaning to‘liq sotilgan jahon gastroli davomida suratga olingan. Tasvirga olish ishlari Angliyaning Manchester shahri va AQShning Feniks shahridagi arenalarda olib borilgan.

Loyiha Meta va Lightstorm Vision bilan hamkorlikda virtual reallikka asoslangan 3D texnologiyalari yordamida yaratilgan. Shu bois film tomoshabinlarga oddiy konsert yozuvi emas, balki konsert zalida bo‘lgandek taassurot uyg‘otadigan formatni taklif etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling