“Soprano” seriali yulduzi Vinsent Pastore 80 yoshida vafot etdi

E’lon qilingan sana· 161
“Soprano” seriali yulduzi Vinsent Pastore 80 yoshida vafot etdi

Mashhur amerikalik aktyor Vinsent Pastore 80 yoshida vafot etdi. U HBOʻning kult seriali “Soprano” (The Sopranos)dagi Salvatore Bonpensyero obrazi bilan tanilgan edi.

Aktyor 1-avgust kuni Nyu-Yorkning Bronks tumanidagi uyida o‘lgan holda topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim tabiiy sabablarga bog‘liq bo‘lib, hodisa yuzasidan tergov olib borilmayapti.

Vinsent Pastore aktyorlik faoliyatini 1990-yillarda boshlagan. U “Yaxshi yigitlar” (Goodfellas), “Karlitoning yo‘li” (Carlitoʻs Way) kabi filmlarda epizodik rollarni ijro etgan. 1999-yilda ekranlarga chiqqan “Soprano” serialidagi roli esa unga xalqaro shuhrat olib kelgan.

Faoliyati davomida Pastore “Mikki Moviy Ko‘zlar”, “Shark Tale”, “Revolver”, “Hawaii Five-0”, “Law & Order”, “Yellowjackets” va boshqa ko‘plab film hamda seriallarda suratga tushgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling