Ben Afflek “Who wants to be a millionaire?” shousida 1 million dollar yutdi

E’lon qilingan sana· 208
Ben Afflek “Who wants to be a millionaire?” shousida 1 million dollar yutdi

Aktyor Ben Afflek ABC telekanalining “Who Wants to Be a Millionaire?” intellektual shousida 1 million dollar yutib oldi.

U “Jeopardy!” shousi chempioni Jeymi Ding bilan bir jamoada ishtirok etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Yutuq puli Afflek asos solgan Eastern Congo Initiative xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi.

Aktyor ishtirokidagi epizodni AQShda 4,22 million tomoshabin kuzatdi. Bu ko‘rsatkich dastur uchun so‘nggi bir yil ichidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

“Who Wants to Be a Millionaire?"ning yangi mavsumini teleboshlovchi Jimmi Kimmel olib bormoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling