Vudi Harrelsonga Sarayevo kinofestivalining faxriy mukofoti topshiriladi

E’lon qilingan sana· 142
Vudi Harrelsonga Sarayevo kinofestivalining faxriy mukofoti topshiriladi

Amerikalik aktyor Vudi Harrelson 32-Sarayevo kinofestivalida “Sarayevoning faxriy qalbi” mukofoti bilan taqdirlanadi.

Festival ma’lumotiga ko‘ra, mukofot aktyorning kino sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi va uzoq yillik ijodiy faoliyati e’tirofi sifatida topshiriladi.

Mukofot doirasida rejissyor Maykl Uinterbottomning 1997-yilda suratga olingan “Welcome to Sarajevo” filmi ham namoyish etiladi.

Festival direktori Yovan Maryanovichning ta’kidlashicha, Harrelson har qanday obrazni ishonarli ijro eta oladigan va tomoshabinga yaqin tuyuladigan aktyorlardan biri hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling