Zendaya 2026-yilning eng kassabop aktrisasiga aylandi

E’lon qilingan sana· 31
Zendaya 2026-yilning eng kassabop aktrisasiga aylandi

Zendaya 2026-yilning eng kassabop aktrisasi deb topildi. Uning ishtirokidagi filmlar jami 1,97 milliard dollar kassa yig‘imini qayd etdi.

Hozirgacha aktrisa ishtirokidagi “O‘rgimchak odam: yangi kun” 927 million dollar, “Odisseya” 911 million dollar, “What a Drama!” esa 132 million dollar yig‘di. Shuningdek, Zendaya HBOʻning “Euphoria” seriali yakuniy mavsumida bosh rolni ijro etdi.

Joriy yil dekabr oyida aktrisa “Dyuna” trilogiyasining uchinchi filmida ham ekranlarga qaytadi.

“Odisseya” filmining promo-turi davomida Zendaya yaqin vaqt ichida faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling