Shahzoda uzoq tanaffusdan so‘ng ijodga qaytishi mumkin
E’lon qilingan sana: · 295

Taniqli qo‘shiqchi Shahzoda o‘zining Instagram’dagi sahifasida yangi trek premyerasiga ishora qilib, post qoldirdi.
“Va'da qilganimdek, sizga ham, o‘zimga ham sovg‘a tayyorladim. Juda yaqin orada yana eshitamiz. Kutishga esa ko‘p qolmadi”, — deyiladi post izohida.
2020-yilning 30-mart kuni Shahzoda turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshevdan ayrilgandi.
Xonanda 6 yildan beri faol ijod qilmaydi, yangi qo‘shiqlar chiqarib, konsertlar bermaydi.